Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha direktor o'rinbosari

Kalandarov Ilyos Ibodullaevich

Qabul vaqti:

Juma: 15:00-17:00

Shanba: 10:00-12:00

Telefon: +998 (61) 224-85-63

Faks: +998 (61) 224-04-43

E-mail: ilyos1987@mail.ru

2006 – 2010 yy. –Navoiy davlat konchilik instituti talabasi
2010 – 2012 yy. –Moskva davlat konchilik universiteti magistranti
2013 – 2016 yy. –Navoiy davlat konchilik instituti Zarafshon umumtexnika fakul’teti tabiiy va umumtexnik fanlar kafedrasi assistenti
2016 – 2018 yy. – Navoiy davlat konchilik instituti tayanch doktoranti
2018 – 2019 yy. – Navoiy davlat konchilik instituti “Avtomatlashtirish va boshqaruv” kafedrasi dosenti vazifasini bajaruvchi
2019 yy –  h.v. – Navoiy davlat konchilik instituti Nukus filiali ilmiy ishlar va innovasiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari

  • O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va farmoyishlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarini amalga oshirishni tashkil etish;
  • Davlat ta’lim standartlari asosida ilmiy ishlar, innovasiyalar va xalqaro aloqalar jarayonini tashkil etish hamda malakali kadrlar tayyorlashni ta’minlash;
  • Davlat ta’lim standartlariga muvofiq bilimlar mazmuni va tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan talablar majmuasini barcha dekanlar va bo‘limlar, kafedra mudirlari va pedagog o‘qituvchilarning to‘liq bilishini ta’minlash;
  • Mutasaddi yuqori tashkilotlarning buyruqlarini, farmoyishlari va ko‘rsatmalarini, ilmiy ishlar, innovasiyalar va xalqaro aloqalar jarayonlariga oid masalalar bo‘yicha Filial Ilmiy kengash qarorlari va direktor buyruqlarining bajarilishini tashkil qilish;
  • Ilg‘or mamlakatlar ta’lim tizimining rivojlanish tendensiyalarini o‘rganish, “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va boshqa ta’limga oid qonunlarda ko‘rsatilgan vazifalarni amalga oshirish borasidagi ilmiy uslub va vositalarni ishlab chiqish, ularning amalga oshirilishini ta’minlash;
  • Faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha takliflar tayyorlash va ishlarni tashkil etish;
  • Ilmiy ishlar, innovasiyalar va xalqaro aloqalar jarayonini ta’minlaydigan bo‘limlar, dekanatlar ishlarini muvofiqlashtirish, tashkil etish va nazorat qilish;
  • Ilmiy konferensiyalarni tashkil etish, Filial kengashi va pedagogik mahoratni oshirish, ilmiy va innovasion ishlarga rahbarlik qilish, ilg‘or uslubiy tajribalarni umumlashtirish, nazorat qilish;
  • Ilmiy ishlar materiallarini, shu jumladan, jurnallar va ilmiy ishlar to‘plamlarini Filial xodimlari tomonidan tayyorlash va nashr etish jarayoni hamda Filial barcha ta’lim va ilmiy faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy davriy nashrlar bilan kutubxona fondini to‘ldirib turish bo‘yicha umumiy rahbarlikni olib borish;
  • Iqtidorli yoshlarni qidirish, saralash va ular bilan ishlash jarayonlarini boshqarish va ularga ko‘maklashish, talaba va magistrantlar orasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va boshqa nomdagi nufuzli stipendiya sovrindorlarini tayyorlash;
  • Ijro intizomini buzgan xodimlarga nisbatan chora ko‘rish, ular bilan shartnomani bekor qilish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
  • Xorij mamlakatlarning oliy ta’lim muassasalari bilan aloqalar o‘rnatish, oliy ta’limga oid konferensiya, simpozium, seminarlarni tashkil etish va nazorat qilish;
  • O‘rnatilgan tartibda Filial faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy va xalqaro aloqalarga oid ishlarni amalga oshirish;
  • Ilmiy ishlar materiallarini, shu jumladan, jurnallar va ilmiy ishlar to‘plamlarini Filial xodimlari tomonidan tayyorlash va nashr etish jarayoni hamda muassasaning barcha ta’lim va ilmiy faoliyati yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy davriy nashrlar bilan kutubxona fondini to‘ldirib borish bo‘yicha umumiy rahbarlikni olib borish;
  • Ilmiy, ilmiy-amaliy anjumanlarni rejalashtirish, tashkil etish va o‘tkazishni muvofiqlashtirish hamda boshqa tashkilot va korxonalarda o‘tkaziladigan ilmiy anjumanlarda Filial professor-o‘qituvchilari va xodimlarining qatnashishini ta’minlash, Filial ilmiy maktablarni shakllanishiga ko‘maklashish, har qanday samarali ilmiy faoliyatni rag‘batlantirish ishlarini olib borish;
  • Filialda magistratura, tayanch doktorantura va doktoranturani rivojlantirish orqali yuqori malakali ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlanishini ta’minlash hamda filial xodimlarining o‘z vaqtida ilmiy unvonlarni olishiga va ixtisoslashgan kengashlarni ochilishiga ko‘maklashish;
  • Xalqaro bo‘lim bilan hamkorlikda chet el grantlarining ilmiy tadqiqot qismi mavzusini, mazmunini shakllantirishda hamda tasdiqlashda qatnashish, barcha ilmiy tadqiqot va innovasion ishlarni, loyihalarni va grantlarni bajarish, ilmiy anjumanlarni o‘tkazish monitoringini olib borish, yuqori tashkilotlar uchun barcha zarur hisobotlarni shakllantirish, taqdim etish;
  • Filialda ilmiy faoliyatni rivojlantirish uchun zarur moddiy texnika bazasini yaratish, tegishli ilmiy asbob-uskunalar bilan ta’minlash va taqsimlash jarayonlarini boshqarish va muvofiqlashtirish;
  • Bozorni tizimli ravishda tahlil qilish va innovasion mahsulot (ish, xizmat)larga bo‘lgan talabni o‘rganish, o‘zini qoplash muddatini, rentabellik va innovasion mahsulotlarni tijoratlashtirish bilan bog‘liq xatarlarni baholash;
  • Yuqori tijorat salohiyatiga ega va amalga oshirishga tayyor bo‘lgan, o‘zlashtirish uchun istiqbolli loyihalarni tanlab olish;
  • Innovasion loyihalarni amalga oshirish uchun investorlar, sheriklar va boshqa manfaatdor shaxslarni jalb qilish;
  • Yangi texnologiyalarni joriy qilish va innovasion mahsulotlarni ishlab chiqarish maqsadida sanoat korxonalari bilan o‘zaro hamkorlik qilish;
  • O‘zining xizmat vazifalarini vijdonan bajarish.

 

Bilishi kerak:

  • O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini, Prezident farmonlari, farmoyishlari, Vazirlar Maxkamasining qarorlari hamda vazirlik buyruqlarini, Filial Nizomi va Ichki mehnat tartib qoidalarini va ilmiy ishlarga oid boshqa normativ hujjatlarni.

 

Malaka talablari:

  • Oliy ta’lim muassasalarida boshqaruv lavozimida zarur bo‘lgan kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatlariga, ta’lim sohasida rahbarlik ish tajribasi va stajiga, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilim va ko‘nikmalarga;
  • Namunaviy shaxsiy fazilatlarga: intellekt, madaniyatli, yetakchilik, xushmuomalalik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik va tadbirkorlik hamda ijodiy qobiliyatlariga ega bo‘lish, mas’uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat’iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash xususiyatlariga;
  • Filialda bakalavr va magistrlar tayyorlash yo‘nalishlari va mutaxassisliklaridan biri bo‘yicha fan doktori yoki nomzodi ilmiy darajasiga, professor yoki dosent ilmiy unvoniga ega bo‘lishi zarur.
  • Oliy ta’lim muassasasining tegishli boshqaruv bo‘g‘inlarida-kafedra mudiri, fakul’tet dekani yoki o‘rinbosari kabi rahbarlik lavozimlarida kamida 7 yillik samarali ish stajiga ega bo‘lishi zarur;
  • O‘zining xizmat vazifalarini vijdonan bajarish.