Ta'lim sifatini nazorat qilish bo'limi

Ta'lim sifatini nazorat qilish bo'limi boshlig'i

Tleumuratov Sarsenbay Jaqsimuratovich

Telefon: +998 (61) 224-85-64

Faks: +998 (61) 224-04-43

E-mail: sarsenbay-2011@mail.ru

Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 18 iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 515-son qarorining 14-bandiga muvofiq tashkil etilgan bo‘lib, bevosita filial tarkibiga kiradi.

  • ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarning davlat ta’lim standartlari (DTS), malaka talablari, o‘quv rejalari va fan dasturlari bilan ta’minlanganligini tahlil etish va ularni ekspertiza qilish;
  • NavDKI NFda ta’lim jarayoni sifatini, uning o‘quv adabiyotlari va o‘quv-uslubiy materiallar bilan ta’minlanganlik darajasini o‘rganish;
  • NavDKI NF talabalari bilimlarining DTSga muvofiqligini o‘rganib borish, tahlil qilish;
  • ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini ta’minlash;
  • kadrlar tayyorlash sifati monitoringini yuritish;
  • NavDKI NFni ichki attestasiyadan o‘tkazishni tashkil etish, natijalari bo‘yicha ta’lim sifatiga salbiy ta’sir etuvchi omillarni aniqlash, ma’lumotlarni NAVDKI NF direktoriga hamda Davlat inspeksiyasiga taqdim etish;
  • ta’lim sifatini belgilovchi ko‘rsatkichlarning holatini monitoring qilish va aniqlangan muammolar va kamchiliklar yuzasidan tegishli tarkibiy tuzilmalarga takliflar berish;
  • ta’lim sifatini oshirish maqsadida professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirish jarayonida zamonaviy usullar va uslublardan foydalanish samaradorligini tahlil qilish;
  • NavDKI NF professor-o‘qituvchilari tayanch ma’lumotlarining tegishli dars beradigan fan(lar)iga mosligini tahlil qilish yoki ularning tegishli qayta tayyorlashdan o‘tganligini yoki mos ixtisoslik bo‘yicha ilmiy unvon, darajaga ega ekanligini o‘rganish va xulosalarni NavDKI NF direktoriga ma’lum qilish;
  • NavDKI NFning o‘quv jarayoni, ilmiy-tadqiqot va ilmiy-uslubiy ishlar rejalarining bajarilishini monitoring qilish;
  • ta’lim jarayoni moddiy-texnik bazasi holatini tahlil qilish, uni rivojlantirish va takomillashtirish bo‘yicha takliflar berish;
  • NavDKI NFda talabalar amaliyotining ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarni inobatga olingan holda tashkil etilganligini va uning samarasini nazorat qilish;
  • talabalar bilimini baholash jarayonini tahlil qilish asosida reyting ballarining xolisligini, shaffofligini va sifat darajasini baholash;
  • NavDKI NFdagi ijtimoiy muhit, kadrlar tayyorlash va ta’lim sifatini o‘rganish maqsadida doimiy ravishda talaba, ota-ona, professor-o‘qituvchi va kadrlar iste’molchilari o‘rtasida ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazish;
  • xorijiy davlatlarning nufuzli o‘quv va ilmiy markazlari tajribasini o‘rganish va ularni ta’lim jarayoniga tatbiq etish;

Axborot texnologiyalari markazi

Axborot texnologiyalari markazi boshlig’i

Usnatdinov Adilbek Axmetovich

Telefon: +998 (61) 224-85-63

Faks: +998 (61) 224-04-43

E-mail: usnatdinov1994@mail.ru

Axborot texnologiyalari markazi filialning axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirishga mas’ul maxsus tarkibiy markaz hisoblanadi.
Markaz filialning tarkibiga kiruvchi ma’muriy markaz hisoblanadi, filialning Ilmiy ishlar va innovasiyalar bo’yicha direktor o’rinbosariga bo’ysinadi.
Markaz o’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi va Qonunlariga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, Qarorlari va Farmoyishlariga, axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etishga oid O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining karorlari, farmoyishlari va topshiriqlariga, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlariga, O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buyruqlari, Hay’at qarorlari, topshiriqlariga, O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Ta’lim muassasalarida elektron ta’limni joriy etish markazi buyruqlari va topshiriqlariga, filial direktori buyruqlari, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
Markaz o’z faoliyatini filialning boshqa bo’linmalari bilan o’zaro hamkorlikda amalga oshiradi.
Markaz o’z faoliyati bo’yicha amalga oshiradigan chora tadbirlarini Ta’lim muassasalarida elektron ta’limni joriy etish markazi bilan muvofiqlashtiradi.
Axborot texnologiyalari markazida uch nafar Axborot texnologiyalari markazi boshlig’i Usnatdinov Adilbek Axmetovich va Tizim administratori Muxammedinov Kobeysin Kuwanishovich va Tarmoq administratori lavozimi Joldasov Azizbek Muratbay ug’li lavozimlarida ishlab kelmoqda.

  • Markazning barcha faoliyati va xodimlarini umumiy boshqarish;
  • NMKI Nukus filialidagi mavjud komp’yuter texnologiyalarining dasturlarini to‘g‘ri ishlashini nazorat qilish;
  • Komp’yuterlarni texnik ko‘rikdan o‘tqazib turish va ta’mirlash ishlarini tashkil qilish;
  • Komp’yuter operatorlari ishini nazorat qilish;
  • OTMsi komp’yuter zahirasini zamonaviy komp’yuterlar hisobiga oshirish va mavjud komp’yuterlarni takomillashtirib borish;
  • OTMsida Internet tarmoqlari, (E-mail) elektron pochta xizmatlarini talab darajasida ishlashini nazorat qilib borish, habar va yangiliklarni o‘z vaqtida qabul qilinishi va tarqatilishini nazorat qilish;
  • OTMsining nusxa ko‘paytirish dastgohlarining ishini nazorat qilish, ta’mirlash va ko‘rikdan o‘tkazib turishni nazorat qilish;
  • OTMsining elektron o‘qitish bo‘yicha olib boriladigan barcha ishlariga rahbarlik qilish hamda elektron o‘qitishni tashkil etish bo‘yicha mahalliy va chet el oliy o‘quv yurtlari bilan aloqalar o‘rnatish;
  • OTMsi lokal tarmog‘iga portal bo‘yicha jami ma’lumotlarni kiritish va tahlil etish.

Bilishi kerak:

  • O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi,
  • “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi, “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi Qonun va ta’lim tizimiga doir boshqa normativ-huquqiy hujjatlar;
  • Elektron hujjatni shakllantirish, qo‘llash va saqlashga
  • Qo‘yiladigan talablar (0‘z DSt 2295:2011);
  • Interaktiv davlat hizmatlari Tasniflash va shakllantirishga
  • Asosiy talablar (0‘z DSt 2863:2014);
  • Dasturiy vositalarning hayotiy sikl jarayonlari (O’z DSt ISO/IEC 12207:2007).

Malaka talablari:

  • NMKI Nukus filialida boshqaruv lavozimida zarur bo‘lgan kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatlariga, ta’lim sohasida rahbarlik ish tajribasi va stajiga, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilim va ko‘nikmalarga;
  • Namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyatli, yetakchilik, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik va tadbirkorlik qobiliyatlariga ega bo‘lish, mas’uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat’iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash hususiyatlariga ega bo‘lishi;
  • Oliy ma’lumotga ega bo‘lishi;
  • Yo‘nalishi bo‘yicha kamida 3 yillik samarali ish stajiga ega bo‘lishi zarur.