DAVR QIZLARI OLQISHDA

Joriy yilning 6-mart kuni Navoiy davlat konchilik instituti Nukus filialida talaba qizlar o’rtasida “Davr qizlari” ko’rik-tanlovi bo’lib o’tdi.

Ushbu tanlovda institut fakultetlaridan tashkil topgan 1-kurs va 2- kurs talabalari birgalikda bir jamoa bo’lib qatnashishdi va 4 shart orqali ular o’zlarining  bilimlarini ha’yat a’zolariga taqdim etishdi. Tadbir 8- mart – «Xalqaro xotin-qizlar kuni» bayrami yuzasidan tashkil etildi.

Birinchi o’rinni Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish guruhidan tashkil topgan ,,To’maris” guruhi qo’lga kiritgan bo’lsa, ikkinchi o’rinni Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishini jihozlash va avtomatlashtirish guruhi talabalaridan tuzilgan ,,Boychechak” guruhi qo’lga kiritdi. So’nggi o’rin esa Kimyoviy texnologiya guruhi talabalaridan tashkil topgan ,,Grand” jamoasiga nasib etdi.

Tadbir shartlari orqali talaba-qizlarning nutq madaniyati, so’zlash odobi, kitobxonlik savodxonligi va uy-ro’zg’or ishlarida chaqqonligi  ko’rsatib o’tildi. Filial talaba-qizlari haqida so’z borganda, barchalarining istedodlari tahsinga sazovor. Darhaqiqat, institutimizdagi barcha talabalar va professor-o’qituvchilar faol va bilimlidirlar. Aslida zamon talabi ham shundan iboratdir. Ayol mehribon rafiqa, jonkuyar ona va faol xodima bo’lmog’i shart.

Ayol-shundayin bir nozik hilqatki, dunyo tashvishlarini nozik yelkalarida ko’tarib, qayg’ularini kulgularida yashira oladi. Uning baxti oila tinchligi, farzandlari sog’ligi va unga beminnat ajratilgan mehrdadir.

Ayolga baxt bering, saodat bering,

Demang yuribdiku kulib, jilmayib.

Ayol kulib turib, o’lishi mumkin,

Dunyoni olishi mumkin jilmayib.

Ayollar bu oila quvonchidir. Ular bir qo’lida beshik, bir qo’lida dunyoni tebratguvchidir. Tadbir davomida ayollarni ulug’lab, ularni sharaflovchi so’zlar aytib o’tildi. Tadbir barchaga maqul bo’ldi va ishtirokchilar diplom va esdalik sovg’alar bilan mukofotlandi.

Shahzoda Abdullayeva, Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishini jihozlash va avtomatlashtirish guruhi 1-kurs talabasi.