BAHOR KUYCHISI

Joriy yilning 2 mart kuni Navoiy davlat konchilik instituti Nukus filialida taniqli va iqtidorli o’zbek shoirasi Zulfiya Isroilova tavalludiga bag’ishlangan davra suhbati bo’lib o’tdi.

Ushbu suhbatda talaba–qizlar va professor–o’qituvchilar ishtirok etishdi. Suhbat davomida Zulfiyaxonim ijodi va hayoti yuzasidan so’z borib, uning she’rlari tinglandi.

Zulfiya she’rlari haqida so’z borganda tabiatga hamda uning ajralmas qismi bo’lgan odamzotga nisbatan hayajonli sevgi bilan burkangan misralar alohida o’rin tutadi. Zulfiyaning olijanoblik, jasorat, haqqoniy xalq g‘ururi, tabiat va insonga nisbatan samimiy tuyg‘ular va hurmat, boy ranglar va kutilmagan yangi timsollar bilan bajarilgan lirikasi, kitobxon qalbini larzaga keltiradi, insoniyatning kelajakka bo‘lgan ishonchini mustahkamlaydi.

Iqtidorli shoira va yozuvchi, inson qalb tug‘yonlarini o‘tkir bilimdoni bo‘lib, turli janrlarda asarlar yaratgan: dostonlar, balladalar, elegiyalar, nasriy she’rlar, hikoyalar, ocherklar, publististik maqolalar va gazeta xabarlari. Uning ko‘p she’rlari xalqlar tinchligi va do‘stligi sari kurashga bag‘ishlangan edi. Urush yillari u vatanparvarlik she’rlarini yozgan. U tomonidan, shuningdek, o‘zbek bastakorlarining operalariga librettolar ham yozilgan, masalan, “Zaynab va Omon” operasiga libretto. Shu bilan birga, turmush o‘rtog‘i Hamid Olimjon qalamiga mansub “Semurg‘” dostoni mavzusi asosida, ertak-sahna asarini ham yozgan.

Zulfiyaxonim haqiqiy o’zbek ayolining matonati,sabri va vafosini ko’rsatgan ayol desak mubolag’a bo’lmaydi. U aytgandek: ,,Haqiqiy shoirning qabri bo’lmaydi”.Shu sababli ham haligacha shoiraning timsoli she’rlarida yashaydi.

Suhbat barchaga manzur bo’ldi va talaba qizlarga adabiyotga bo’lgan qiziqishini oshirdi.

Shahzoda Abdullayeva,
1-kurs Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlikni ishlab chiqarish va avtomatlashtirish guruhi talabasi.