SHARQ «LUVRI»

Joriy yilning 29 yanvar kuni Navoiy davlat konchilik instituti Nukus filiali 1-kurs Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishini jihozlash va avtomatlashtirish guruhi talabalari guruh rahbari N.Najimova boshchiligida I.V.Savitskiy nomidagi Qoraqalpog’iston davlat san’at muzeyiga tashrif buyurdik.

Ushbu muzeyga tashrif davomida talabalarda qoraqalpoq san’ati, urf-odati, an’analariga qiziqish uyg’ondi desak mubolag’a bo’lmaydi. Ushbu muzeyda 1920-1930 yillarda mashhur rassomlar yaratgan asarlar to’planib, shu bilan birgalikda qoraqalpoq xalq ustalari tomonidan yaratilgan zargarlik, yog’och o’ymakorligi, kashtado’zlik, to’qimachilik va boshqa asarlar amaliy san’at bo’limida jamlangan.

Ushbu muzey Xalqaro muzeylar qo’mitasiga a’zo va u  G’arbda «Sahrodagi Luvr», «Sharq Luvri» deb e’tirof etiladi. Muzey 1968-1969 yillarda Moskvadagi Sharq muzeyida Qoraqalpoq to’plamini ilk bor namoyish etgan. Ushbu muzey AQSH, Fransiya, Germaniya, Italiya,Yaponiya, Rossiya va boshqa nufuzli davlatlardagi ko’rgazmalarda ishtirok etadi. Muzeydagi eksponantlar hozirgi kunda 100 mingga yaqin.

Tarixsiz kelajak yo’q bo’lgani kabi, tarixni anglash har bir kamolga yetib kelayotgan yosh avlodlarda Vatanga muhabbat, sadoqat, milliy g’urur kabi insoniy fazilatlarni uyg’otadi.
Bizning ham ushbu muzeyga tashrifimiz talaba-yoshlarda o’zgacha qiziqishlarni uyg’otdi. Ushbu tashrif yuzasidan so’z borar ekan, talabalarning har bir eksponatni maroq bilan kuzatishi alohida e’tiborga sabab bo’ldi. Talabalarni vaqtini mazmunli o’tkazish maqsadida rejalashtirilgan ushbu sayohat barchaga manzur keldi.

Shahzoda Abdullayeva,
Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishini jihozlash va avtomatlashtirish guruhi 1-kurs talabasi.