“BIR MILLION DASTURCHI” LOYIHASI ISTIQBOLLARI” MAVZUSIDAGI SEMINAR


Seminarda filialning Axborot texnologiyalari markazi boshlig’i va xodimlari, filial talabalari, guruh murabbiylari va ushbu sohaga qiziqqan talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Seminar davomida yurtimizda axborot texnologiyalarini rivojlantirish, yosh dasturchilarni tayyorlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, bu borada amalga oshirilayotgan loyihalar haqida Axborot texnologiyalari markazi boshlig’i A.A.Usnatdinov tomonidan talabalarga atroflicha tushunchalar berildi.

Xususan, oliy o‘quv yurtlarida tashkil etilayotgan Inkubatsiya va akselleratsiya markazlari faoliyati, “Start-up” loyihalari, “Bir million dasturchi” loyihasi mazmuni, ushbu loyihalar doirasida yoshlarga yaratib berilayotgan imkoniyatlar haqida fikr almashildi.

Tadbir davomida oliy o‘quv yurtlari talabalari o‘quv kurslari, yo‘nalishlar, talabalar uchun imtiyozlar, o‘qish tartibi, dasturiy ta’minotlarni tayyorlash borasida savollariga tadbir tashkilotchilar tomonidan javob oldi.

Tadbir yakunida filialning Axborot texnologiyalari markazi, Tarmoq administrator tamonidan uzbekcoders.uz saytidan ro’yxatdan o’tish va online darslarni olib tartibi haqida atroflicha tushunchalar berildi.

NavDKI Nukus filiali Matbuot xizmati.