“JAHOLATGA QARSHI MA’RIFAT” MAVZUSIDAGI TARG‘IBOT TADBIRI

Joriy yilning 28 yanvar’ kuni Navoiy davlat konchilik instituti Nukus filialida Nukus shahar hokimligi tomonidan tasdiqlangan reja asosida bir qator tashkilotlar bilan hamkorlikda “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida uchrashuv tashkil etildi.

TadbirdaNukus shahar Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari K.Kalenderov, Nukus shahar Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Q.Nuratdinov, Qoraqalpog‘iston Musulmonlari qoziyoti xotin-qizlar masalasi bo‘yicha maslahatchisi T.Dosimbetova, “Imam e’shon Muxammad” jom’e masjidi imomi o‘rinbosari A.Jolaushiev, Nukus shahar 4-son IIB profilaktika inspektori, kapitan S.Davletov, Nukus shahar hokimligi bosh mutaxassisi X.Nizamatov, Nukus shahar targ‘ibot guruhi rahbari Z.Satbaevalar ishtirok etib, bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tub islohotlar hamda xavfsizlikka rahna solayotgan muammolarga to‘xtalib, diniy ekstremizm va terrorizm tahdidi so‘nggi yillarda kuchayib borayotganligi, unga qarshi kurashishning kuch ishlatish yo‘li o‘zini oqlamayotganligini alohida ta’kidlab o‘tilganligi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 16 aprel’ kungi “Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-5416-sonli qarorida belgilangan “Jaholatga qarshi ma’rifat” ulug‘vor g‘oya ostida targ‘ibot ishlarini olib borish bo‘yicha Nukus shahar hokimligining 2021 yil 15 yanvardagi rejasi tasdiqlanganligi, mazkur reja asosida targ‘ibot tadbirlari tashkil etilganligi to‘g‘risida batafsil aytib o‘tdi.

 Jamiyat hayotining hech bir jabhasini ma’naviyatsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Iqtisodiyot, sanoat, ishlab chiqarishu huquq-tartibot sohalari ham bevosita ma’naviyat bilan chambarchas bog‘liq. Negaki, ma’naviyat hayotiy, kasbiy mo‘ljal-munosabatlarni to‘g‘ri belgilashda, inson tafakkurining to‘g‘ri shakllanishida asosiy omildir.

Targ‘ibot tadbiri davomida talaba-yoshlar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga tegishli javoblar olishdi.

NavDKI Nukus filiali Matbuot xizmati.